O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2023-YIL 28 FEVRALDAGI PF-27-SONLI  

“OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNI XORIJIY DAVLATLARDA MALAKA OSHIRISH VA STAJIROVKA O‘TASH UCHUN YUBORISH” FARMONI, 

2023 YIL 28 FEVRALDAGI PF-27-SONLI “2022 — 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASINI «INSONGA E’TIBOR VA SIFATLI TA’LIM YILI» DA AMALGA OSHIRISHGA OID DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA”GI FARMONINING 46-MAQSAD 167 BANDIDA “OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA ILG‘OR XORIJIY TAJRIBALARDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH VA PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNI XORIJIY DAVLATLARDA MALAKA OSHIRISH VA STAJIROVKA O‘TASH UCHUN YUBORISH” TOPSHIRIQLARI BERILGAN. 

SHUNINGDEK, STAJIROVKALAR  OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGINING 2023-YIL 26-OKTYABRDAGI 3/14-26/10 SON XATIDA “2024-2030-YILLARDA XORIJIY VA MAHALLIY GRANT MABLAG‘LARI, SHUNINGDEK OLIY TA’LIM MUASSSASALARINING BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LARI HISOBIDAN PROFESSOR-O‘QITUVCHILARNI HAR YILI XORIJIY DAVLATLARGA TAJRIBA ALMASHISH UCHUN YUBORISH REJASI” ASOSIDA TASHKIL ETILADI.

Bizning maqsadimiz – kadrlar tayyorlash, ularni takomillashtirish va qayta tayyorlash, 

Xususan: ta’lim jarayonining barcha ishtirokchilarining bilim olishini ta’minlash, pedagogik kashfiyotlar qilish, yangi g‘oyalar yaratish, bilim, hikmat va qadriyatlarni mustahkamlash, sinab ko‘rish, asrab-avaylash va yetkazishdir. innovatsiyalar va ijodkorlikni rag'batlantirish, amaliy ta'lim tadqiqotlari va tadbirkorlik muhitini yaratishga xizmat qiladi.

Kutilayotgan natija – eng yaxshi o‘qituvchilar, innovatorlar, tadbirkorlar va o‘z sohasi bo‘yicha kuchli mutaxassislarni tayyorlash va yetishtirishdir.

Bu xorijiy ta’lim tajribasini o‘rganish va qo‘llashdan iborat. Bizda sifatli va adolatli ta'limni ta'minlaydigan mahalliy va xalqaro ekspertlar fakulteti mavjud.