O'quv safari: Finlyandiya va Shvetsiya ta'lim tizimi keng o'rganilgan

Ayni paytda O‘zbekistonning Shvetsiyadagi elchixonasi va Finlyandiyaning O‘zbekistondagi faxriy konsulligi ko‘magida respublikamizning 10 ta oliy ta’lim muassasalaridan 23 nafar professor-o‘qituvchilar Finlyandiya va Shvetsiyada xalqaro malaka oshirish kurslarida qatnashmoqda.

Mazkur o‘quv kurslarida O‘zbekiston delegatsiyasi ta’lim sohasidagi Finlyandiya mutaxassislari ko‘magida maktablar va oliy ta’lim tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

Sayohat dasturiga ko‘ra, yetti kun Finlyandiyada, besh kun Shvetsiyada nufuzli oliy o‘quv yurtlarida bo‘lib, ta’lim tizimi va maktablar faoliyatini o‘rganish, kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

https://nordicuniversity.org/