MUN prorektori Odil Kuisinov boshchiligidagi ta’lim delegatsiyasi Finlyandiyada amaliyot o‘tamoqda.
Kurs davomida finlandiya ta’lim bo‘yicha mutaxassislar ko‘magida talabalar maktablar faoliyati va oliy ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishadilar.
Jyväskylä universitetiga tashrif davomida ushbu nufuzli Finlyandiya universitetining ta'lim faoliyati, o'quv dasturlari va talabalarga yo'naltirilgan o'qitish usullari keng ko'lamda o'rganiladi.
Universitet rektori, professor Jari Ojala bilan uchrashuv ham muvaffaqiyatli o‘tdi. Ikki mamlakat oliy ta’lim tizimi yuzasidan fikr almashildi va hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab olindi.