O'quv kursi muvaffaqiyatli yakunlandi

✅ Institutimiz professor-o‘qituvchilari tomonidan Finlyandiyaning Xelsinki, Jyväskylä, Kareliya va JAMK amaliy fanlar va pedagogika institutlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan malaka oshirish kursi ikki hafta davomida yuqori saviyada o‘tkazildi.

➡️Kurs davomida Finlyandiyadan kelgan ta’lim bo‘yicha mutaxassislar ko‘magida maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta va oliy ta’lim tizimlari hamda xalqaro baholash tizimi taqdim etildi.
➡️Finlyandiya boʻylab bolalar va yoshlarning taʼlim olishiga professional yordam koʻrsatuvchi “Valteri” taʼlim konsalting markazi tajribasidan kelib chiqib, inklyuziv taʼlim tizimining xususiyatlari oʻrganildi.

➡️Kurs ishtirokchilari Kareliya amaliy fanlar universitetida seminar va treninglarda ham qatnashdilar. Mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan Finlyandiyada oliy ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishga e’tibor qaratildi.
➡️O‘quv va amaliy mashg‘ulotlar davomida ular qo‘shma dasturlarni ishlab chiqish tartibi, zamonaviy innovatsion ta’lim muhiti va vositalari, shuningdek, ta’lim rejalari bilan tanishdilar.

➡️Finlyandiyada o‘tgan malaka oshirish kursi qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lib, yangi xorijiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

https://nordicuniversity.org/